Barcha yangiliklar
QURILISH VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
Gallery image 235346
Gallery image 235347
Gallery image 235348
JAYSANBAYEV ANSAT BURANBAYEVICH
08 Sen 2026
09:25

QURILISH VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashi deputati, tuman hokimi O.Umarov “Sharq” OFY hududida bo‘lib, Sharq saylov okrugida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida hududda olib borilayotgan qurilish ishlari, obodonlashtirish jarayonlari, mavjud infratuzilma holati hamda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, hududni yanada obod va ko‘rkam maskanga aylantirish, qurilish ishlarini sifatli tashkil etish, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berilib, qurilish va obodonlashtirish ishlarini sifatli hamda belgilangan muddatlarda amalga oshirish, hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish belgilandi.