Barcha yangiliklar
Mahalla — xalq bilan birga!
Gallery image 235280
Gallery image 235281
Gallery image 235282
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
18 Avg 2026
00:00

Mahalla — xalq bilan birga!

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat G.Risqulova navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan “Qo‘qoni” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi va faollar bilan uchrashdi.

Muloqot davomida hisobotlari eshitilishi belgilangan sohalar bo‘yicha aholining fikr-mulohazalari, taklif va murojaatlari tinglandi. Mahalladagi dolzarb muammolar atroflicha o‘rganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy takliflar muhokama qilindi.

Xalq bilan muloqot — muammoni eshitishdan, uning yechimini topishdan boshlanadi! 🤝