Barcha yangiliklar
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Gallery image 235239
Gallery image 235240
Gallery image 235241
Gallery image 235242
Gallery image 235243
JAYSANBAYEV ANSAT BURANBAYEVICH
07 Sen 2026
09:06

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashi kotibiyati mudiri E.Mirzayev tomonidan Suketti OFY hududidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, moddiy-texnik baza, sanitariya-gigiyena holati hamda tarbiyalanuvchilar uchun xavfsiz va qulay muhitni ta’minlash ishlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, ta’lim sifatini oshirish, bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun yaratilgan imkoniyatlar, ovqatlantirish sifati, tarbiyachilar faoliyati hamda tashkilot hududining obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish holatiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini yanada takomillashtirish, bolalar uchun munosib shart-sharoitlarni yaratish hamda Vazirlar
Mahkamasining 391-son qarorida belgilangan talablar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Farzandlar kamoloti — Yangi O‘zbekiston kelajagining mustahkam poydevoridir.