Barcha yangiliklar
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Gallery image 235204
Gallery image 235205
Gallery image 235206
Gallery image 235207
JAYSANBAYEV ANSAT BURANBAYEVICH
07 Sen 2026
08:56

HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Jaysanbayev tomonidan deputatlik o‘rni vakant bo‘lgan Oqtov saylov okrugi hududidagi Oqtov OFY hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan mahallada aholi bilan ishlash, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, ularning bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda aholi daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mahalladagi tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida hokim yordamchisining hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish, aholi muammolarini aniqlash va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish borasidagi faoliyati ham tahlil qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda hududda bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.