Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 235189
Gallery image 235190
Gallery image 235191
Gallery image 235192
Gallery image 235193
Gallery image 235194
XO‘JANAZAROV SHUXRAT BEKNAZAROVICH
09 Sen 2026
08:54

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏘 Deputat saylangan hududida xonadonma-xonadon yurib, aholi bilan yuzma-yuz muloqot qildi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 9-“G‘o‘rin-Hakimobod” saylov okrugi deputati Y. Shoymanov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tomonidan “Hakimobod” mahallasida aholi bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazildi.

🤝 Muloqot davomida deputat xonadonma-xonadon yurib, fuqarolarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi, ularni qiynayotgan muammo va masalalarni bevosita o‘rgandi.

Fuqarolarning murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglanib, ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Aholi tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar deputatlik nazoratiga olindi.


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.