Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 235117
Gallery image 235118
Gallery image 235119
Gallery image 235120
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
08 Sen 2026
19:32

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

🤝 FUQARO MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI

📍 Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev va viloyati Kengashi kotibiyati xodimi Sh.Tursunqulov Oqoltin tumani Ahillik MFY, Bobur qishlog‘ida yashovchi fuqaro D.Yuldashevaning murojaatini “mahalla yettiligi” bilan birgalikda joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

🔎 O‘rganish davomida fuqaro joriy yilning iyun oyida parrandachilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida tijorat bankidan kredit olgani sababli Ijtimoiy reyestrdan chiqarilgani ma’lum bo‘ldi.
Ta’kidlash joizki, kredit mablag‘lari belgilangan maqsadlar uchun sarflangan bo‘lsa-da, fuqaro hozircha ushbu faoliyatdan yetarli darajada moddiy daromad olishga erishmagan.
Shuningdek, fuqaro og‘ir turdagi kasallik sababli doimiy tibbiy yordamga muhtojligi, turmush o‘rtog‘i J.Yu. ham kasalligi tufayli mehnatga layoqatsizligi, voyaga yetmagan farzandi esa yaqinda jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgani aniqlandi.