Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 235114
Gallery image 235115
Gallery image 235116
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
08 Sen 2026
19:31

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Jinoyatchilikning oldini olish — deputatlar nazoratida

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari A.Uljayeva va D.Egamqulovalar tomonidan A.Navoiy mahallasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalladagi profilaktika inspektori tomonidan hudud ko‘chalariga o‘rnatilgan kuzatuv kameralaridan samarali foydalanish masalasi ko‘tarildi. Xususan, mazkur kameralarni profilaktika inspektori xonasidan doimiy kuzatib borish imkoniyatini yaratish bo‘yicha taklif bildirildi.

Deputatlar tomonidan ushbu taklif yuzasidan tegishli mas’ul rahbarlar bilan muzokaralar olib borilib, masalaning yechimi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berish va zarur choralarni ko‘rish yuzasidan kelishib olindi.