Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 235104
Gallery image 235105
Gallery image 235106
Gallery image 235107
Gallery image 235108
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
08 Sen 2026
19:28

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

✅ Kengashi raisi Sh.Eshbayev, kotibiyati mudiri N.Turdiyev, deputat I.Qo‘chqorova, Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zosi R.Axmedov, ekspert guruhi kotibi U.Kenjayev hamda faol nuroniylar tomonidan Kengashining 34-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan tumanda tabiiy gaz ta’minoti va chekka hududlarga suyultirilgan gaz yetkazib berish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan tuman Gaz ta’minoti bo‘limida o‘rganish o‘tkazildi.

✅ O‘rganish davomida tuman Gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan 3,9 km tabbiy gaz quvurlari mukammal ta’mirlangan, 4 dona gaz taqsimlash punktlari yangilangan, 25 dona gaz taqsimlash punktlari joriy ta’mirlanganligi aniqlandi. Bundan tashqari 4565 ta xonadonga tabbiy gaz yetkazib berilayotganligi, 7961 nafar istemolchilarga suyultirilgan gazlar 35 kunda tarqatilayotganligi aniqlandi.