Barcha yangiliklar
Zahiriddin Muhammad  Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan "Boburdek seving vatanni" shiori ostida maktab-internatda tadbir oʻtkazildi.
Gallery image 27704
Gallery image 27705
Gallery image 27706
Gallery image 27707
Gallery image 27708
Gallery image 27709
Gallery image 27710
Gallery image 27711
Gallery image 27712
Gallery image 27713
XOJIQULOV QUDRATILLO BAXTIYOR O‘G‘LI
10 Fev 2025
16:32

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan "Boburdek seving vatanni" shiori ostida maktab-internatda tadbir oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi Andijon ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatida shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan "Boburdek seving vatanni" shiori ostida maktab-internatning 10-sinf oʻquvchilari tomonidan tadbir oʻtkazildi. Tadbirga xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman "Targʻibot guruhi" rahbari D Ahmedova, yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Qamchibek Kenja, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Izboskan tuman boʻlinmasi bosh mutaxassisi S.Azimova, Oila va xotin-qizlar boʻlimi bosh mutaxassisi Sh. Azizova, tuman IIB JXX XPB XKMB katta inspektor, katta leytenant G. Zaynobiddinova, yozuvchilar uyushmasi a'zosi G.Ummatova, tuman AKM vakillari D.Sayfutdinova, D.Salimova, M.Ismoilovalar taklif qilindilar. Tadbir soʻngida faol ishtirok etgan oʻquvchilar tashakkurnoma hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar. Barcha tadbir va tanlovlarda ilgʻor boʻlgan AISMI jamoasiga omadlar tilaymiz.