Barcha yangiliklar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 234847
Gallery image 234848
Gallery image 234849
Gallery image 234850
Gallery image 234851
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
08 Sen 2026
17:32

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#162_ta_qonun
📌 Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi Kotibiyati mudiri
O. Tursunov tomonidan Kadastr agentligi Sherobod tumani bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ–445-son Qonuni ijrosi yuzasidan savolnoma asosida o‘rganish ishlari olib borildi.

📝 O‘rganish davomida:
🔹 jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi;

🔹 murojaatlarni belgilangan tartibda ro‘yxatga olish, nazoratga olish va o‘z vaqtida hal etish holati;

🔹 murojaatlar bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya etilishi tahlil qilindi.

📌 O‘rganish yakunida murojaatlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, qonun talablariga qat’iy rioya etish hamda fuqarolar murojaatlarini sifatli va o‘z vaqtida ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube