Barcha yangiliklar
OLIY TA’LIM TASHKILOTLARIDA TARBIYA TIZIMI O‘RGANILDI
Gallery image 234795
Gallery image 234796
Gallery image 234797
Gallery image 234798
Gallery image 234799
Gallery image 234800
MUXITDINOV MUXAMMADFUZAYLIDDIN BAXROM UGLI
08 Sen 2026
17:21

OLIY TA’LIM TASHKILOTLARIDA TARBIYA TIZIMI O‘RGANILDI

O‘rganish davomida oliy ta’lim muassasalarida talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, shuningdek, faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlarning holatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi faolligini oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning samaradorligini yuksaltirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud holat yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, oliy ta’lim tashkilotlarida tarbiya ishlarini yanada takomillashtirish hamda yoshlarning fuqarolik faolligini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi