Barcha yangiliklar
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaning holati o‘rganildi
Gallery image 234712
Gallery image 234713
Gallery image 234714
Gallery image 234715
Gallery image 234716
Gallery image 234717
Gallery image 234718
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
08 Sen 2026
17:05

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaning holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 3-“Achchiqko‘l” saylov okrugidan saylangan deputat M.Mavlonqulov tomonidan “Uzumzor” mahallasida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar holidan xabar olindi.

O‘rganish davomida Oq yo‘l ko‘chasi, 107-xonadonda yashovchi M.Egamnazarov xonadoniga tashrif buyurilib, oilaning yashash sharoiti, ijtimoiy holati hamda mavjud ehtiyojlari bilan yaqindan tanishildi.

Xonadondagi yashash sharoitini yaxshilash masalasi ham alohida o‘rganilib, uy-joyni ta’mirlashga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi. Mazkur masalani amaliy hal etish maqsadida ijtimoiy xodimga uy ta’miri uchun ariza qabul qilib, tegishli tizimga so‘rov yuborish bo‘yicha topshiriq berildi.

Shuningdek, oilaning qo‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘lishi va bandligini ta’minlash masalasi ham muhokama qilindi. Oilaning chorva boqish imkoniyati mavjudligi inobatga olinib, hokim yordamchisiga oilani imtiyozli kredit olish orqali chorvachilik, xususan, qo‘ychilik bilan shug‘ullanishga yo‘naltirish bo‘yicha tegishli topshiriq berildi.

O‘rganish davomida oilaga mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, daromad manbaini yaratish va yashash sharoitini yaxshilash bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi