Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 234700
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
08 Sen 2026
17:04

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

📈 DEPUTATLIK FAOLIYATINING 8 OYLIK YAKUNLARI
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati Mamadaliyev Jaxongir Artiqulovichning 2026-yilning 8 oyi davomida deputatlik faoliyati yakunlari sarhisob qilindi.

➡️ Hisobot davrida saylovchilar murojaatlari hamda hududda aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilot va idoralarga 6 ta deputat so‘rovi yuborildi.  Shuningdek, Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashining 10 ta sessiyasida ishtirok etilib, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid muhim masalalar muhokamasi va qarorlar qabul qilinishida bevosita qatnashildi.

➡️ Deputatlik faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan ishlar muntazam ravishda jamoatchilikka yetkazilib borildi. Hisobot davrida 63 ta axborot materiali ijtimoiy tarmoqlar orqali e'lon qilinib, deputatlik faoliyati keng yoritildi.