Barcha yangiliklar



TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
08 Sen 2026
15:56
24-BAND IJROSI: TASHQI REKLAMA HOLATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi navbatdagi sessiyasi kun tartibidagi 24-band — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan deputatlik nazorati olib borilmoqda.
🔎 Shu doirada Kengash deputati F.Turayev tomonidan M.Ulug'bek mahallasidagi obyektlardagi tashqi reklamalar holati o‘rganildi.
📋 O‘rganish davomida reklama obyektlarining joylashtirilishi va belgilangan talablarga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.
📌 Aniqlangan holatlar tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar belgilanadi.