Barcha yangiliklar
Qishloq aholisi uchun zamonaviy tibbiy maskan barpo etilmoqda
Gallery image 234433
Gallery image 234434
Gallery image 234435
Gallery image 234436
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
07 Sen 2026
00:00

Qishloq aholisi uchun zamonaviy tibbiy maskan barpo etilmoqda

Qishloq aholisi uchun zamonaviy tibbiy maskan barpo etilmoqda

♻️Aholiga sifatli va zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish, ayniqsa, olis hududlarda tibbiy infratuzilmani yanada yaxshilash muhim vazifalardan biridir.
♻️Shu maqsadda Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov tomonidan Rabot mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yangidan barpo etilayotgan Xo‘jalik oilaviy shifokorlik punkti (OSHP) da olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari o‘rganildi.
♻️O‘rganish jarayonida bunyodkorlik ishlarining borishi, obyektda amalga oshirilayotgan qurilish jarayonlari hamda belgilangan vazifalar ijrosi bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, tibbiy maskanni sifatli va belgilangan talablar asosida qurib bitkazish, obodonlashtirish ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
♻️Yangi OSHPning foydalanishga topshirilishi Rabot mahallasi va unga tutash hududlarda istiqomat qiluvchi aholi uchun tibbiy xizmatlardan qulay va sifatli foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
👉Deputatlik nazorati doirasida bunday o‘rganishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholi uchun muhim bo‘lgan ijtimoiy obyektlarning qurilishi va foydalanishga topshirilishi jarayonlarini muntazam nazorat qilib borishdan iborat.