Barcha yangiliklar

MATYAQUBOVA SARABIBI IDIROVNA
08 Sen 2026
11:01
O‘rta qishloq mahallasida ijtimoiy masalalar o‘rganildi
O‘rta qishloq mahallasida ijtimoiy masalalar o‘rganildi
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati Gulnora Abdullayeva O‘rta qishloq mahallasida ijtimoiy xodim Quriyozova Zuhra bilan hamkorlikda kambag‘allik reyestrida bo‘lgan oilalarning ijtimoiy holatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida Bedil ko‘chasi, 16-uyda yashovchi Masharipova Bikajon, Ziyokor ko‘chasi, 23-uyda yashovchi Qalandarov Inoyat hamda Amudaryo ko‘chasi, 5-uyda yashovchi Polvonova Bakposhsha xonadonlarida bo‘lib, oilalarning mavjud muammolari va ehtiyojlari bilan yaqindan tanishildi.