Barcha yangiliklar
Narx-navo va mahsulotlar yetarliligi — deputatlar e’tiborida
Gallery image 234126
Gallery image 234127
Gallery image 234128
Gallery image 234129
Gallery image 234130
Gallery image 234131
Gallery image 234132
Gallery image 234133
Gallery image 234134
Gallery image 234135
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
04 Sen 2026
00:00

Narx-navo va mahsulotlar yetarliligi — deputatlar e’tiborida

Bozordagi narx-navo — aholi turmush farovonligiga bevosita ta’sir qiladigan muhim masalalardan biri. Shu bois, aholining kundalik ehtiyojlari uchun zarur mahsulotlar narxlarining barqarorligi, bozordagi mahsulotlar yetarliligi hamda iste’molchilar uchun munosib sharoit yaratilishi deputatlar e’tiborida bo‘lib kelmoqda.
♻️Shu maqsadda Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi H.Karayeva hamda doimiy komissiya a’zolari tomonidan bozorda aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlarning narx-navolari va yetarliligi holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
♻️O‘rganish jarayonida kundalik ehtiyojdagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari, savdo rastalaridagi mahsulotlar zaxirasi hamda aholi uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
♻️Shuningdek, sotuvchilar va xaridorlar bilan muloqot qilinib, ularning fikr va takliflari tinglandi.
♻️Aholi dasturxoni to‘kinligi, narxlar barqarorligi va iste’mol bozorida yetarlilikni ta’minlash — xalq deputatlari nazoratidagi muhim vazifalardan biridir.