Barcha yangiliklar



KARIMOV AZIMBOY XO‘JABOY O‘G‘LI
07 Sen 2026
19:59
IJTIMOIY REYESTRDA TURGAN OILALAR HOLATI O‘RGANILDI
Mahallada ayni vaqtda 45 ta oila Ijtimoiy reyestrda turibdi.
O‘rganish davomida oilalarning yashash sharoiti, mavjud muammolari, ijtimoiy va moddiy ehtiyojlari bilan yaqindan tanishildi. Fuqarolar bilan suhbatlashilib, ularni qiynayotgan masalalarni aniqlashga alohida e’tibor qaratildi.
Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, oilalarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish hamda ularning ijtimoiy sharoitini yaxshilash yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqish va zarur choralarni ko‘rish belgilandi.