Barcha yangiliklar
QORABOG‘ MAHALLASIDAGI ICHKI KO‘CHALARGA SHPS TOSH YOTQIZISH MASALASI KO‘TARILDI
KARIMOV AZIMBOY XO‘JABOY O‘G‘LI
07 Sen 2026
19:58

QORABOG‘ MAHALLASIDAGI ICHKI KO‘CHALARGA SHPS TOSH YOTQIZISH MASALASI KO‘TARILDI

O‘rganish davomida:
“Gulshan” ko‘chasining 750 metr;
“Ostona” ko‘chasining 800 metr;
“Matonat” ko‘chasining 500 metr qismiga SHPS tosh yotqizish zarurligi aniqlandi.

Mazkur masalani ijobiy hal etish yuzasidan Bog‘ot tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i H.Boltayevga deputat so‘rovi yuborildi.

Aholi murojaatlarining amaliy yechimini ta’minlash, hudud infratuzilmasini yaxshilash va ichki yo‘llar holatini yaxshilash bo‘yicha deputatlik nazorati davom ettiriladi.