Barcha yangiliklar
FUQARONING MUROJAATI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
Gallery image 233857
Gallery image 233858
Gallery image 233859
Gallery image 233860
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
07 Sen 2026
19:10

FUQARONING MUROJAATI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 9-“Shaldiramoq” saylov okrugidan saylangan deputat F.Qaxxarova tomonidan fuqaro Baratova Mohlarxonning murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganib chiqildi.

Murojaat yuzasidan Qo‘qon shahar “Kalvak” mahalla fuqarolar yig‘ini, Bahmalbof ko‘chasi, 160-uyda yashovchi fuqaroning murojaati atroflicha ko‘rib chiqildi.

O‘rganish natijasida fuqaro Baratova Mohlarxonga o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish va daromad manbasini yaratish maqsadida imtiyozli kredit ajratilishi yuzasidan tavsiyanoma berildi.

Mazkur amaliy yordam orqali fuqaroning murojaatini ijobiy hal etish, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun zarur shart-sharoit yaratishga ko‘maklashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi