Barcha yangiliklar
KALVAK MAHALLASIDA IJTIMOIY XIZMATLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
Gallery image 233827
Gallery image 233828
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
07 Sen 2026
19:03

KALVAK MAHALLASIDA IJTIMOIY XIZMATLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati F.Qaxxarova tomonidan “Kalvak” mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy xodim faoliyati hamda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning murojaatlarini o‘rganish, muammolarini aniqlash va amaliy yordam ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Jumladan, 4 nafar fuqaroga bepul davolanish uchun tavsiya berilgani aniqlandi:

M.Nazirova — Muqimiy ko‘chasi, 140-uy;

M.Husanjonova — Bahmalbof ko‘chasi, 136-uy;

D.Murodova — Amir Umarxon ko‘chasi, 121/15-uy;

M.Yo‘ldosheva — Amir Umarxon ko‘chasi, 121/18-uy.

Shuningdek, 4 nafar fuqaroga uy-joylarini ta’mirlash uchun mablag‘ ajratilgani, shundan 2 nafar fuqaroning xonadoni ta’mirlab berilgani ma’lum bo‘ldi.

O‘rganish yakunida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlashni yanada kuchaytirish, murojaatlarni manzilli o‘rganish hamda aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi