Barcha yangiliklar
“Kalvak guzari” mahallasida huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlar o‘rganildi
Gallery image 233815
Gallery image 233816
Gallery image 233817
Gallery image 233818
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
07 Sen 2026
19:00

“Kalvak guzari” mahallasida huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati F.Qaxxarova tomonidan o‘zi saylangan hududdagi “Kalvak guzari” mahalla fuqarolar yig‘inida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla hududida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda profilaktika ishlarini samarali tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Xususan, mahalla hududiga kirish va chiqish nuqtalarida o‘rnatilgan videokuzatuv kameralari, ularning ishlash holati, kuzatuv tizimlarining hududni qamrab olish darajasi hamda mazkur vositalarning jamoat xavfsizligini ta’minlashdagi ahamiyati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, profilaktika inspektori, mahalla faollari va boshqa mas’ul tuzilmalar o‘rtasidagi hamkorlik holati muhokama qilinib, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda manzilli va tizimli yondashuvni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

O‘rganish yakunida mahallada osoyishtalik va jamoat xavfsizligini ta’minlash, mavjud profilaktik tadbirlarning samaradorligini oshirish hamda aniqlangan masalalarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi