Barcha yangiliklar
A.Umarxon ko‘chasining asfaltlashtirilishi masalasi o‘rganildi
Gallery image 233804
Gallery image 233805
Gallery image 233806
Gallery image 233807
Gallery image 233808
Gallery image 233809
Gallery image 233810
Gallery image 233811
Gallery image 233812
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
07 Sen 2026
18:59

A.Umarxon ko‘chasining asfaltlashtirilishi masalasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 9-“Shaldiramoq” saylov okrugidan saylangan deputat F.Qaxxarova tomonidan “Kalvak guzari” mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolar Xudayqulova Gulnoraxon va Mo‘ydinov O‘ktamjonning murojaatlari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida A.Umarxon ko‘chasining 360 kvadrat metr qismini asfaltlashtirish masalasi joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqildi.

Murojaatni ijobiy hal etish maqsadida masala tegishli tashkilotlar bilan muhokama qilinib, belgilangan tartibda zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda ko‘chani asfaltlashtirish masalasini ijobiy hal etish bo‘yicha kelishib olindi.

Mazkur masala deputat F.Qaxxarova nazoratiga olinib, uning ijrosi yuzasidan tegishli ishlar davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi