Barcha yangiliklar
Deputatlik faoliyati
Gallery image 233651
Gallery image 233652
XALILOVA DILDORA SAYPIDINOVNA
07 Sen 2026
17:47

Deputatlik faoliyati

     24 talik yo‘nalish bo‘yicha hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish davom etmoqda.
Joriy yilning 7 sentabr kuni 5-Madaniyat okrugidan O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat A.Nishonov, Madaniyat MFY hokim yordamchisi Z.Norov bilan hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish holati o‘rganildi.
O‘rganishda 8 oy davomida mahallada yashovchi 15 nafar fuqaroga 255 mln. so‘m miqdorida kredit mablag‘i ajratilib, 18 ta doimiy ish o‘rni yaratilgan. yana 163 nafar aholi ish bilan ta’minlangan.
Kredit mablag‘lar oilaviy tadbirkorlik, biznesga birinchi qadam va mahalla loyihasi yo‘nalishida berilgan.