Barcha yangiliklar
#162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi
Gallery image 233412
Gallery image 233413
Gallery image 233414
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
07 Sen 2026
14:49

#162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi


📍 Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 5-Mirshodi saylov okrugidan saylangan deputat Bozorov Isroil Ochildiyevich tomonidan tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limida navbatdagi nazorat-tahlil va o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.

🔍 Tadbir va o‘rganish tafsilotlari:

📄 Savolnomalar asosida xatlov: Tadbir davomida bo‘lim mas’ul xodimlari hamda mutaxassislari ishtirokida mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 162 ta qonun hamda Oliy Majlis Senati tomonidan taqdim etilgan 24 ta muhim tavsiya ijrosi yuzasidan ochiq muloqot va savol-javob shaklida o‘rganish ishlari olib borildi.

🗣 Murojaat va muammolar muhokamasi: Uchrashuv davomida soha xodimlari hamda fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat, taklif va muammolar atroflicha o‘rganildi.
Qishloq xo‘jaligi sohasini yanada rivojlantirish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilash maqsadida muhim fikr-mulohazalar qayd etildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz