Barcha yangiliklar
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATIDAN
Gallery image 233400
Gallery image 233401
Gallery image 233402
SALIBAYEVA MALOXAT MIRADILAYEVNA
07 Sen 2026
14:38

YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATIDAN

          Jalaquduq tumanida shaxmat bo‘yicha tuman birinchiligi yuqori saviyada o‘tkazildi! Jalaquduq tumani sport maktabida “Giyohvandlikka qarshi kurash” oyligi doirasida sportning intellektual turi bo‘lgan shaxmat bo‘yicha
tuman birinchiligi bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularning mantiqiy fikrlash qobiliyatini oshirish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratildi. Musobaqada
ishtirokchilar o‘zaro qizg‘in va murosasiz bellashib, sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga munosib hissa qo‘shdilar. Quvonarlisi, tadbirda tuman Kengashi qoshidagi "Yoshlar maslahat guruhi" a’zolari ham o‘z jamoalari bilan faol ishtirok etib, yoshlarga namuna ko‘rsatdilar. Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlanib, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.