Barcha yangiliklar









SALIBAYEVA MALOXAT MIRADILAYEVNA
07 Sen 2026
14:32
Bo‘ston MFYda Anzor Textile faoliyati o‘rganildi
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari A. Otabayev hamda Jalaquduq tumani hokimi, tuman Kengashi deputati H. Latipov Bo‘ston MFY hududidagi “Anzor Textile” korxonasi faoliyatini o‘rgandi. O‘rganish davomida korxonaning mavjud ishlab chiqarish imkoniyatlari, faoliyatini yanada kengaytirish, yangi quvvatlarni ishga tushirish hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish masalalari muhokama qilindi. Mas’ullarga korxona faoliyatini rivojlantirish va ishlab chiqarish hajmini
oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi.