Barcha yangiliklar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 233360
Gallery image 233361
Gallery image 233362
Gallery image 233363
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
07 Sen 2026
13:54

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Tashkilot_bilan_hamkorlik
📌 Mahallalarda olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi


📌 O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi Sherobod tuman bo‘limi bosh mutaxassisi E. Jo‘rayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan hududdagi mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar, aholi bilan olib borilayotgan muloqotlar hamda mavjud masalalar o‘rganildi.

🔹 O‘rganish davomida mahallalarda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, aholini qiynayotgan muammolarni aniqlash va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish borasidagi ishlar tahlil qilindi.

🔹 Shuningdek, mahallalarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar, obodonlashtirish ishlari va aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

🎯 Maqsad — mahallalarda aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlash.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube