Barcha yangiliklar







TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
07 Sen 2026
11:58
DEPUTAT NAZORATI 🚧 Mang‘itobod mahallasida ichki yo‘llar va obodonlashtirish texnikalari holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi texnikalar hamda ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari holati yuzasidan deputatlik nazorati olib borildi.
📍 Deputat N. Dusmurodov tomonidan Mang‘itobod mahallasidagi ichki yo‘llarning holati, ularni saqlash va ta’mirlash ishlari, shuningdek, hududni obodonlashtirishda foydalanilayotgan maxsus texnikalarning mavjudligi va ishga shayligi o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida aniqlangan muammolar, mavjud imkoniyatlar va ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.