Barcha yangiliklar



TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
07 Sen 2026
11:57
SAMARQANDDA MARKAZIY OSIYO – XITOY HAMKORLIGI: SIYOSIY PARTIYALARNING O‘RNI VA YANGI ISTIQBOLLAR
Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo – Xitoy mamlakatlari o‘rtasidagi aloqalarning mustahkamlanishida siyosiy partiyalarning o‘rni” mavzusida nufuzli konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir “Markaziy Osiyo – Xitoy” siyosiy partiyalari muloqoti doirasida tashkil etilib, unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston siyosiy partiyalari vakillari, Xitoy Kommunistik partiyasi delegatsiyasi, parlament a’zolari, diplomatlar, ekspertlar, shuningdek, xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari deputatlari faol ishtirok etdi.