Barcha yangiliklar
«Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonun ijrosi o‘rganildi
Gallery image 233252
Gallery image 233253
Gallery image 233254
Gallery image 233255
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
07 Sen 2026
11:50

«Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonun ijrosi o‘rganildi

#Deputat_nazorati
#162_ta_qonun_ijrosi

❗️ «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati A.Isaqulov tomonidan Samarqand mahallasida «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi O‘RQ-445-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, talablarning ijrosi holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish, ularni belgilangan tartibda ro‘yxatga olish va ko‘rib chiqish, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarga qonunchilikda belgilangan muddatlarda javob berish holatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, murojaatlarni ko‘rib chiqishda qonuniylik, xolislik va fuqarolarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini ta’minlash masalalari ko‘zdan kechirildi.

Qonun talablarining amalda ta’minlanishi va fuqarolar murojaatlarining samarali ko‘rib chiqilishi deputatlik nazoratida.