Barcha yangiliklar



TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
07 Sen 2026
11:48
Mahalla yettiligi bilan hamkorlik mustahkamlanmoqda
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Xoliqulova tomonidan Baxshiboyi mahallasi yettiligi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
O‘zaro suhbat davomida mahalladagi mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holati hamda hududni yanada obod qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Shuningdek, mahalla yettiligi bilan hamkorlikda aholi murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, muammolarga amaliy yechim topish va fuqarolarning turmush farovonligini oshirish yuzasidan kelgusidagi rejalar belgilab olindi.