Barcha yangiliklar







TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
07 Sen 2026
11:45
Qo‘shchinor mahallasida joylashgan “Charos agro uzumlari” MCHJda Pastdarg‘om tumani aholisi uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazilmoqda.
Qabulda tuman hokimi J.Pardayev, tuman prokurori, IIB boshlig‘i, soliq inspeksiyasi rahbari, hokim o‘rinbosarlari va masʼul tashkilotlar rahbarlari ishtirok etmoqda.
🔎Hozirga qadar, fuqarolar tomonidan 30 ga yaqin turli masalalardagi murojaatlar kelib tushdi va tegishli mutasaddilarga yo‘naltirildi.
✅Hurmatli fuqarolar! Sayyor qabulda ishtirok etib, o‘zingizni qiynayotgan muammo va takliflaringizni bildiring.