Barcha yangiliklar

KOMILOV A’ZAMJON UMID O‘G‘LI
07 Sen 2026
11:00
Yo‘l va xavfsizlik masalasi o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Zulfiya Arazova o‘zi saylangan “Hazorasp” saylov okrugi hududida yo‘l va xavfsizlik masalalarini tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda o‘rgandi.
O‘rganish davomida hududdagi yo‘llarning holati, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.