Barcha yangiliklar
#19¹_modda #Kengash_raisi #Deputat_faoliyati
Gallery image 232888
Gallery image 232889
Gallery image 232890
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
05 Sen 2026
16:54

#19¹_modda #Kengash_raisi #Deputat_faoliyati

2026-yil 5-martdagi VII-16-13-8-108-K/26-sonli Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi qaroriga muvofiq, “Tog‘ay Murod” mahallasidagi suv nasosiga 300 kVt quvvatga ega quyosh panellarini o‘rnatish va 280 ta xonadon tomorqalarini sug‘orish uchun suv ta’minotini yaxshilash ishlari deputatlik nazoratiga olindi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, 22-“Mingchinor” saylov okrugi deputati A.Turdiyev tomonidan tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish davomida amalga oshirilayotgan ishlar joyida ko‘zdan kechirilib, ularni o‘z vaqtida va sifatli yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.


✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊Telegram💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram