Barcha yangiliklar
“Oqtom” mahallasida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
Gallery image 232870
Gallery image 232871
Gallery image 232872
GULMATOV TOSHMUROD MAMATALIYEVICH
04 Sen 2026
16:39

“Oqtom” mahallasida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi

O‘rganish ishlari komissiya raisi M. Namazov, komissiya a’zolari R. Mengziyaeva va Q. Chorshanbiev tomonidan amalga oshirildi.
Jarayonda O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–445) talablarining ijrosini ta’minlash borasida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
Xususan, fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish, ularda ko‘tarilgan masalalarni o‘rganish, murojaatlarga o‘z vaqtida va qonunchilik talablari asosida javob berish holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, murojaatlar bilan ishlashda qonuniylik, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularni qiynayotgan muammolarga amaliy yechim topish muhim vazifa ekani ta’kidlandi.
Fuqaro murojaati — e’tibor va mas’uliyat bilan yondashishni talab qiladi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi doimiy komissiyalari tomonidan qonunlar ijrosini o‘rganish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish va aholi huquqlarini ta’minlash borasidagi nazorat tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.