Barcha yangiliklar
72-SON MAKTABDA REKONSTRUKSIYA ISHLARI YAKUNIY BOSQICHDA
Gallery image 232864
Gallery image 232865
Gallery image 232866
Gallery image 232867
Gallery image 232868
Gallery image 232869
GULMATOV TOSHMUROD MAMATALIYEVICH
04 Sen 2026
16:26

72-SON MAKTABDA REKONSTRUKSIYA ISHLARI YAKUNIY BOSQICHDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2026–2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-393-son qarori asosida mazkur ta’lim muassasasida rekonstruksiya ishlari boshlangan.
Loyihaning umumiy qiymati 4 milliard 912 million so‘mni tashkil etib, qurilish ishlari “Lochin” xususiy korxonasi tomonidan amalga oshirilmoqda.
O‘rganish jarayonida qurilish ishlarining yakuniy bosqichidagi holati, bajarilgan ishlarning sifati, loyiha doirasida belgilangan vazifalarning ijrosi hamda yangi o‘quv binosini foydalanishga topshirishga tayyorgarlik masalalariga e’tibor qaratildi.
Qo‘shimcha 140 o‘rinli zamonaviy o‘quv binosining barpo etilishi maktabning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, o‘quvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Mazkur loyiha doirasidagi ishlarning belgilangan talablar asosida, sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishi ustidan deputatlik nazorati olib borilmoqda.