Barcha yangiliklar
Tuman hokimi va Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyati mudiri  tomonidan Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 11-martdagi VII-16-13-8-114-K/26-sonli qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
Gallery image 232832
Gallery image 232833
Gallery image 232834
Gallery image 232835
Gallery image 232836
Gallery image 232837
Gallery image 232838
Gallery image 232839
Gallery image 232840
GULMATOV TOSHMUROD MAMATALIYEVICH
04 Sen 2026
16:16

Tuman hokimi va Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyati mudiri  tomonidan Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 11-martdagi VII-16-13-8-114-K/26-sonli qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.

Tuman hokimi, Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi deputati Farrux Xoliqov va Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyati mudiri Sherzod Abdusamatov hamda tegishli mas’ullar ishtirokida og‘ir toifaga kiritilgan “Yangishahar” mahallasida aholi uchun qulay infratuzilma obyektlarini barpo etish ishlarining borishini o‘rgandi.
Loyiha doirasida:
0.5 kilometr piyodalar yo‘lakchasi qurish;
3.6 kilometr ichki yo‘llarni asfaltlash;
elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida 1 dona transformator va  41 dona beton ustun o‘rnatish;
3.2 kilometr yopiq elektr kabel tarmog‘ini tortish rejalashtirilgan.
Ayni paytda tasdiqlangan reja asosida 1 dona transformator va  41 dona beton ustun o‘rnatilib, 3.2 kilometr yopiq elektr kabel tarmog‘i tortilgan. Mahallaning  ichki ko‘chalariga 2.1 kilometr asfalt yotqizilgan. 0.5 kilometr piyodalar yo‘lakchasi barpo etish  ishlari amalga oshirildi.
Amalga oshirilayotgan mazkur loyihalar, avvalo, aholining kundalik turmush sharoitini yaxshilash, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va hududni zamonaviy qiyofaga keltirishga qaratilgan.