Barcha yangiliklar
Maktabda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
Gallery image 232817
Gallery image 232813
Gallery image 232814
Gallery image 232815
Gallery image 232816
GULMATOV TOSHMUROD MAMATALIYEVICH
03 Sen 2026
15:24

Maktabda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi

O‘rganish davomida ta’lim muassasasida qonun talablarining bajarilishi, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi hamda mavjud moddiy-texnik imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, maktabda ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning bilim olishlari uchun qulay muhit yaratish, pedagog xodimlar faoliyatini samarali tashkil etish hamda ta’lim jarayonida belgilangan talab va me’yorlarga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, ta’lim muassasasida qonun ijrosini ta’minlash bo‘yicha ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Mazkur o‘rganishlar ta’lim sohasidagi qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash, o‘quvchilar uchun munosib sharoitlar yaratish va ta’lim sifatini yanada oshirishga qaratilgan deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.