Barcha yangiliklar
“MADAD” NNT bilan hamkorlikda navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Gallery image 232762
Gallery image 232763
Gallery image 232764
Gallery image 232765
Gallery image 232766
Gallery image 232767
GULMATOV TOSHMUROD MAMATALIYEVICH
03 Sen 2026
14:21

“MADAD” NNT bilan hamkorlikda navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, mavjud muammolarni amaldagi qonunchilik asosida hal etish yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, tegishli tashkilotlar vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha zarur tavsiyalar berilib, murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.
Bunday qabullar fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning huquqiy xabardorligini yuksaltirish hamda davlat organlari va jamoatchilik o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Fuqarolar manfaati va qonun ustuvorligi — ustuvor vazifamiz.