Barcha yangiliklar
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Gallery image 232731
Gallery image 232732
JAYSANBAYEV ANSAT BURANBAYEVICH
04 Sen 2026
11:56

HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashi deputati, Kengash kotibiyati mudiri Ye.Mirzayev tomonidan mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha TAVSIYALAR asosida hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, daromad manbalarini ko‘paytirish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, hokim yordamchisi faoliyatida mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish hamda aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🎯 Asosiy maqsad — mahallada aholi farovonligini oshirish, bandlikni ta’minlash va har bir murojaatning amaliy yechim topishiga ko‘maklashish.

Deputat nazorati — muammolarni aniqlash va ularning yechimini ta’minlashga xizmat qiladi!