Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 232587
Gallery image 232588
Gallery image 232589
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
05 Sen 2026
09:54

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Yoshlar bilan ochiq muloqot: muammo va takliflar tinglandi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati — Oqoltin tumani hokimi X.Suvonov hamda deputat E.Babayev tomonidan Mustaqillik mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Ochiq muloqot davomida yoshlarning ta’lim olishi, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport bilan shug‘ullanishi hamda ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr va takliflarini bildirdilar.

Bildirilgan murojaat va takliflar tegishli tartibda o‘rganilib, ularning yechimi yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.