Barcha yangiliklar
Kengash_faoliyati
Gallery image 232582
Gallery image 232583
Gallery image 232584
Gallery image 232585
Gallery image 232586
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
05 Sen 2026
09:54

Kengash_faoliyati

#Kotibiyat_mudiri
#162_qonun
#Biriktirilgan_tashkilot

#_Tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

🇺🇿Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri Azamat Pardayev hamda kotibiyat xodimi B.Qurbonov tomonidan tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish va tahlil ishlari olib borildi.

📊 1. "Tashabbusli byudjet" (Open Budget) 2-mavsum g‘oliblari:

▫️ 2026-yilning 15-iyulidan 31-avgustiga qadar openbudget.uz portali orqali o‘tkazilgan ovoz berish jarayonida eng ko‘p ovoz to‘plab g‘olib deb topilgan takliflarga “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” hisobidan mablag‘ ajratish masalasi atroflicha o‘rganildi.

💰 2. Mahalliy byudjet manbalari va Kengash qaroriga o‘zgartirish kiritish:

▫️ Bandixon tumani mahalliy byudjetining II-chorak yakunida shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish hamda tuman Kengashining 2026-yil 24-iyuldagi VII-25-57-8-211-K/26-sonli qaroriga tegishli o‘zgartirishlar kiritish loyihasi ko‘rib chiqildi.

3. "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘lari:

▫️ Tuman hokimligi huzuridagi ushbu jamg‘arma mablag‘larini mahallalardagi eng dolzarb infratuzilmaviy va ijtimoiy muammolarni bartaraf etishga yo‘naltirish imkoniyatlari va hisob-kitoblari tahlil qilindi.

4.O‘rganish natijalari bo‘yicha tegishli xulosalar va tahliliy ma’lumotlar tayyorlanib, Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga olib chiqilishi belgilandi.