Barcha yangiliklar
Qoryog‘di mahallasidagi bolalar maydonchasi holati o‘rganildi
Gallery image 232556
Gallery image 232557
Gallery image 232558
Gallery image 232559
Gallery image 232560
Gallery image 232561
ABILOV UMIDBEK UTKIROVICH
04 Sen 2026
21:21

Qoryog‘di mahallasidagi bolalar maydonchasi holati o‘rganildi

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #ekspert_guruhlari

Qoryog‘di mahallasidagi bolalar maydonchasi holati o‘rganildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputati Djalolov Sanjar Gayratovich tomonidan saylov okrugi hududidagi Qoryog‘di mahallasida joylashgan bolalar maydonchasining mavjud holati joyiga chiqib o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida bolalar maydonchasining umumiy holati, o‘yin jihozlarining sozligi va xavfsizligi, hududning obodonlashtirilganlik darajasi hamda bolalar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

📊 Shuningdek, maydonchadan foydalanayotgan bolalar uchun xavfsiz, qulay va zamonaviy sharoit yaratish, mavjud kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💬 Mazkur o‘rganish davomida mahalla hududida bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun mavjud imkoniyatlarni yanada kengaytirish, bolalar maydonchasini saqlash va undan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

💼 O‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Umidbek Abilov, Ekspert guruhi a’zolari hamda mahalla faollari ishtirok etdilar.

📌 Bolalar maydonchasi — shunchaki o‘yin hududi emas. Bu bolalarning sog‘lom ulg‘ayishi, tengdoshlari bilan muloqot qilishi va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun muhim maskandir.

📇 Shu bois mahalla hududidagi bolalar infratuzilmasining holatini doimiy nazorat qilish, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish va farzandlarimiz uchun munosib sharoitlar yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

📁 Mazkur hududdagi bolalar maydonchasining holati qoniqarli darajada emasligi ko'rib chiqildi hamda tegishli mas'ullarga ushbu joyni obodonlashtirish va soz holatga keltirish masalalarini o'rganib chiqish yuzasidan deputatlik so'rovi chiqarilishi belgilandi.