Barcha yangiliklar
O‘rganish
Gallery image 232520
Gallery image 232521
Gallery image 232522
Gallery image 232523
Gallery image 232524
Gallery image 232525
Gallery image 232526
SHODIYEVA GO‘ZAL ODILJON QIZI
04 Sen 2026
20:25

O‘rganish

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Turg‘unovga biriktirilgan Kengash kotibiyati mudiri G.Tursunova tomonidan tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-642-sonli Qonuni ijrosini ta’minlash holati o‘rganildi.
🔰Jarayonda ishsiz va ish qidirayotgan fuqarolarni ishga joylashtirish, kasbga o‘qitish va qayta tayyorlash, tadbirkorlikka jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

✅Ayrim yo‘nalishlarda ishlarni yanada takomillashtirish zarurligi, jumladan:
•  ishsiz fuqarolarni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish samaradorligini oshirish;
•  kasbga o‘qitilgan fuqarolarning keyingi bandligini tizimli nazorat qilish;
•  ish beruvchilar bilan hamkorlikni kuchaytirish va bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muntazam yangilab borish;
•  aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari bilan manzilli ishlashni kuchaytirish zarurligi qayd etildi.