Barcha yangiliklar
#Deputat_nazarati
Gallery image 232485
Gallery image 232486
Gallery image 232487
Gallery image 232488
Gallery image 232489
Gallery image 232490
Gallery image 232491
SHODIYEVA GO‘ZAL ODILJON QIZI
04 Sen 2026
20:13

#Deputat_nazarati

“Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida sport inshootida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda

Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 8-okrug deputati N.Muxitdinova tomonidan “Tashabbusli budjet” jarayonlarida g‘olib bo‘lgan Zangiota tumani 1-son sport maktabi tasarrufidagi Ubay Musayev futbol o‘yingohida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

♻️O‘rganish davomida futbol o‘yingohining ustki qismini qayta ta’mirlash, yangi o‘rindiqlar o‘rnatish, futbol maydoni atrofidagi yo‘laklarni rezina qoplama bilan qoplash bo‘yicha ishlar olib borilayotgani ma’lum bo‘ldi.

♻️ Ayni paytda o‘yingohda 800 ta o‘rindiq o‘rnatish, shuningdek, maydon atrofida yugurish yo‘lakchalarini barpo etish ishlari amalga oshirilmoqda.

♻️ Deputat tomonidan qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati, belgilangan loyiha talablariga muvofiqligi hamda ishlarni o‘z vaqtida yakunlash masalalari nazoratga olindi.