Barcha yangiliklar
#Deputat_nazarati
Gallery image 232480
Gallery image 232481
Gallery image 232482
Gallery image 232483
Gallery image 232484
SHODIYEVA GO‘ZAL ODILJON QIZI
04 Sen 2026
20:11

#Deputat_nazarati

“O‘rikzor” mahallasidagi yo‘l asfaltlash ishlari nazoratda

✅Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 5-okrug deputati N.Bayzakova tomonidan “O‘rikzor” mahallasiga kiruvchi asosiy avtomobil yo‘lining kirish-chiqish qismlarida olib borilayotgan obodonlashtirish va asfaltlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

✅ O‘rganish davomida mazkur yo‘lda asfaltlash ishlari boshlanganligi, ayni paytda yo‘lni asfalt qoplamasini yotqizishga tayyorlash ishlari olib borilayotgani ko‘zdan kechirildi.

✅Deputat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning sifati va belgilangan tartibda olib borilishiga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish borasidagi ishlar deputatlik nazoratida.