Barcha yangiliklar
O‘tkir mahallasidagi “Tashabbusli byudjet” loyihasi o‘rganildi
Gallery image 232291
Gallery image 232292
Gallery image 232293
Gallery image 232294
Gallery image 232295
Gallery image 232296
ABILOV UMIDBEK UTKIROVICH
04 Sen 2026
19:12

O‘tkir mahallasidagi “Tashabbusli byudjet” loyihasi o‘rganildi

#deputatlik_faoliyati #Kotibiyat_hududlarda #Open_byudjet #Doimiy_komissiyalar_nazorati

O‘tkir mahallasidagi “Tashabbusli byudjet” loyihasi o‘rganildi

🇺🇿 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Durbek Axmedov va Dildora Kamalova tomonidan “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2026-yil 2-mavsumi doirasida ovoz berish yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilmagan, biroq aholi uchun muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan loyiha yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

📈 Jumladan, Uchtepa tumanining O‘tkir mahallasida bolalar maydonchasini tashkil etish maqsadida tashabbus sifatida ilgari surilgan loyiha doirasida ajratilishi ko‘zda tutilgan yer maydoni va uning bugungi holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

🔎 O‘rganish davomida mazkur hududning mavjud infratuzilmasi, yer maydonining holati, undan samarali foydalanish imkoniyatlari hamda bolalar uchun zamonaviy va xavfsiz o‘yingoh tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

🤝 Shuningdek, loyiha g‘oliblar qatoridan joy olmagan bo‘lsa-da, aholining mazkur tashabbusga bo‘lgan ehtiyoji va hududdagi bolalar uchun qulay sharoit yaratish masalasi muhimligi qayd etildi.

💼 Mazkur o'rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Jamshid Karimov hamda Kengashning agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Avaz Xudayberganov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Zarnigor Kuziyeva, Ekspert guruhi a’zolari va mahalla faollari ishtirok etdilar.

↗️ “Tashabbusli byudjet” — aholining o‘z hududini rivojlantirishdagi bevosita ishtirokini ta’minlaydigan muhim mexanizmlardan biridir. Shu bois ovoz berish natijasida g‘olib bo‘lmagan, ammo aholi uchun dolzarb bo‘lgan tashabbuslarni ham o‘rganish, ularning ijtimoiy ahamiyatini baholash va imkoniyatlardan kelib chiqib qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etadi.