Barcha yangiliklar
Qushchilik»da yangi mahalla binosi ochildi
Gallery image 232260
Gallery image 232261
Gallery image 232262
Gallery image 232263
Gallery image 232259
AYMBETOV AJINIYAZ SHARAPATDINOVICH
04 Sen 2026
19:05

Qushchilik»da yangi mahalla binosi ochildi

Prezidentimiz topshirig‘iga asosan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida Taxiatosh tumani Surxondaryo viloyatiga biriktirilgan bo‘lib, bu borada qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, hududlararo hamkorlik natijasida Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Surxondaryo viloyati hokimligi ko‘magida tumanimizdagi «Qushchilik» mahalla fuqarolar yig‘ini uchun barcha qulayliklarga ega zamonaviy bino bunyod etildi va bugun tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Maskanning ochilish tadbirida tuman hokimi, Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Sdikov Islambek Muratbayevich, tuman prokurori A.Kipshakbaev, tuman IIB boshlig‘i Sh.Ismoilov, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i S.Turmanov hamda mahalla nuroniylari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Barcha zaruriy jihozlarga ega bo‘lgan ushbu ko‘rkam majmua aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va murojaatlarni tezkor hal etish yo‘lida chinakam munosib bayram tuhfasi bo‘ldi.