Barcha yangiliklar
Amudaryodagi markaziy stadion rekonstruksiyasi o‘rganildi
Gallery image 232194
Gallery image 232195
Gallery image 232196
DARMONOV ZOYIR BAHODIR O‘G‘LI
04 Sen 2026
18:29

Amudaryodagi markaziy stadion rekonstruksiyasi o‘rganildi

Amudaryodagi markaziy stadion rekonstruksiyasi o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi PQ-264-son qaroriga muvofiq, deputatlarga “Tashabbusli budjet” doirasida g‘olib bo‘lmagan loyihalar orasidan birini tanlash imkoniyati yaratilgan.

Mazkur imkoniyatdan foydalanib, Amudaryo tumani “Olmazor” MFY hududidagi markaziy stadionni rekonstruksiya qilish loyihasi tanlab olingan.

🤝 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari S.Utemuratova, R.Djumamuratov va S.Imomova hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputati-Kotibiyat mudiri M.Urazbayevlar tomonidan birinchi mavsumda tanlangan mazkur loyiha ijrosini ta’minlash maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.

🏟 Zamonaviy va qulay sport inshootlari — aholi, ayniqsa, yoshlar uchun yangi imkoniyatlar demakdir!